La Liganing 2-davrasida “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi to‘qnashuvning o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi AS nashri.
2-mart, shanba kuni Ispaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 20:45 (Toshkent vaqti bilan 00:45) da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda La Liga prezidenti Xavyer Tebas e’lon qildi.
Bellashuv “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing 1-davrasida “Barselona” o‘z uyida “Real Madrid” jamoasini yirik 5:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)