13-yanvar, yakshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 2-turi doirasida Turkmaniston termasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur uchrashuvga BAA vakili Ammar al-Junaybiy boshchiligidagi hakamlar guruhini tayinladi.
Ma’lumot uchun, al-Junaybiy 2011-yildan buyon xalqaro o‘yinlarni boshqarib keladi.
Osiyo Kubogi—2019
2-tur bahsi
13-yanvar, yakshanba
Turkmaniston—O‘zbekiston 21:00
Bosh hakam: Ammar al-Junaybiy (BAA)Qanot hakamlari: Muhammad al-Hammadiy va Hasan al-Mahriy (BAA)
Darvoza ortidagi hakamlar: Muhammad Abdulla Muhammad (BAA) va Turki al-Xudoyor (Saudiya Arabistoni)
Zaxira hakami: Muhammad al-Bakriy (Saudiya Arabistoni)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)