Parijdagi novvoyxonada 12-yanvar kuni yuz bergan portlash va shundan so‘ng boshlangan yong‘in oqibatida uch kishi, xususan, ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: AFP

Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida 30 kishi jabrlangani haqida aytilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan. Portlash oqibatida yaqin-atrofdagi uylarning derazalari sinib ketgan.

Le Figaro’ning qo‘shimcha qilishicha, Parij markazidagi Ryu-de-Treviz ko‘chasida joylashgan ushbu novvoyxona shanba kuni ishlamasligi, yopiq bo‘lishi lozim edi.

Izoh: Xabarning dastlabki ko‘rinishida qurbonlar soni to‘rt nafar ekani ta’kidlangan edi, biroq keyinroq ma’lumotlar aniqlashtirildi.