13-yanvar, yakshanba kuni Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan KXDR—Qatar o‘yini o‘tkaziladi.
Mazkur bahsga OFK tomonidan uch nafar o‘zbekistonlik mutaxassis hakamlikka tayinlandi.
Uchrashuvni shri-lankalik Xettikankanamge Dilan Perere boshqarib boradi. O‘zbekistonlik Jahongir Saidov ikkinchi qanot hakami vazifasini bajaradi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev ishlaydi.
Osiyo Kubogi—2019
2-tur bahsi
13-yanvar, yakshanba
KXDR—Qatar 16:00
Bosh hakam: Xettikankanamge Dilan Perera (Shri-Lanka).Qanot hakamlari: Deniye Xematunga (Shri-Lanka) va Jahongir Saidov (O‘zbekiston).
Darvoza ortidagi hakamlar: Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev (ikkisi ham O‘zbekiston).
Zaxira hakami: Metyu Krim (Avstraliya).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)