Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) talqiniga ko‘ra, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 2018-yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
Saloh bu yo‘lda klubdagi jamoadoshi, senegallik Sadio Mane va gabonlik “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangni dog‘da qoldirdi. O‘tgan yili ham Saloh ushbu o‘yinchilarni ortda qoldirib, mukofotga ega chiqqandi.
26 yoshli Misr terma jamoasi hujumchisi natijada mazkur sovringa ketma-ket ikkinchi marta sazovor bo‘ldi.
Avvalroq Saloh BBC talqini bo‘yicha Afrikaning 2018-yildagi eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgandi.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda misrlik hujumchi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)