Shu yilning 3-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Parlament” tungi klubi oldida fuqaro A.I.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Nokia va Samsung mobil telefonlarini olib ketgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumani Sharq ko‘chasida yashovchi R.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)