Pekinda noma’lum shaxs maktab bolalariga hujum qildi
Pekin boshlang‘ich maktablaridan birida noma’lum erkak hujumi oqibatida 20 nafar voyaga yetmagan bola jabrlangan, deya xabar berdi TASS.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar hudud yaqinidagi kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda ularning hayoti xavfdan holi.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, uning shaxsi aniqlanmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar