2018-yilning 11 oyi davomida Rossiya Federatsiyasidan boshqa mamlakatlarga 26 mingta yengil avtomobil eksport qilingan. Bu haqda “Avtostat” tahliliy agentligi ma’lum qildi.
Eksport qilingan avtomobillarning 70 foizdan ortig‘i atigi beshta mamlakatga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Chexiya yetakchilik qilmoqda, u yerga hisobot davrida Rossiyada yig‘ilgan 6,3 mingta mashina olib kirilgan.
Mazkur reyting ikkinchi o‘rnidan Ukraina (3,8 mingta), uchinchi o‘rnidan esa O‘zbekiston (3,1 ming dona) joy olgan. Shuningdek, eksportning anchagina qismi Latviya va Ozarbayjonga to‘g‘ri keldi (2,9 mingta va 2,4 mingta tegishli ravishda).
Reyting o‘nligidan, shuningdek, Serbiya (577 dona), Estoniya (515 dona), Slovakiya (505 dona), Iroq (500 dona) va Vengriya (443 dona) joy olgan.
Izoh (0)