8-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 1-turining “E” guruhidagi ilk uchrashuv yakuniga yetdi.
Ushbu bellashuvda Saudiya Arabistoni terma jamoasi KXDR termasi bilan bahsga kirishdi va javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
1-bo‘limning 28-daqiqasida Saudiya Arabistoni yarim himoyachisi Sulton Bahbir KXDR termasi darvozasining uzoq burchagini nishonga oldi va hisobni ochdi (1:0). O‘yinning 37-daqiqasida esa Muhammad al-Fatil jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni raqib darvozasiga kiritdi (2:0).
2-bo‘limning 70-daqiqasida Salim al-Dosariyning yo‘llagan zarbasi oldida KXDR termasi darvozaboni Ri Myon Guk hech narsa qila olmadi va hisob 3:0 ko‘rinishiga keldi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Hamdan al-Shamroniyning uzatmasini Fahad al-Muvallad golga aylantirdi.
Shu tariqa Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi bahslarini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi (4:0).
Osiyo Kubogi—2019
“E” guruhi, 1-tur
8-yanvar, seshanba
Saudiya Arabistoni — KXDR 4:0
Gollar: 1:0 — 28 Sulton Bahbir, 2:0 — 37 Muhammad al-Fatil, 3:0 — 70 Salim al-Dosariy, 4:0 — 87 Fahad al-Muvallad.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)