Fransiya janubida qutqaruvchilar bir necha kundan beri tutqich bermagan lama (Janubiy Amerika tuyasi)ni ushlagan. Bu haqda France Bleu nashri xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, lamani ushlash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan. Sababi, yaqin orada avtomobil yo‘li o‘tgan hamda qutqaruvchilar YTH keltirib chiqishidan xavotirlangan.
Hayvonning egalari topilgunga qadar, lama mahalliy otlar klubiga joylashadi.
Izoh (0)