Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6-yanvar kuni olamdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Uz24’ning yozishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holati miokard infarkti natijasida yuz berganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Salombek Habibullayev 2018-yilning 26-yanvaridan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh (0)