• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2 yillik qonun buzilishini hamma jim kuzataveradimi?

    Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram’dagi kanali orqali homiladorlik va tug‘ish ta’tillarida nafaqa to‘lash tartibi ikki yildan buyon qonunchilikka zid tarzda qo‘llanilayotgani haqidagi maqolasini e’lon qildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yaqinda homiladorlik va tug‘ish ta’tili nafaqasini ish beruvchi hisobidan to‘lash tartibi 2020-yilgacha uzaytirilgani haqida xabarlar chiqdi. Shu masalada ancha avval bir muammoni ko‘tarib chiqqandim, lekin hech narsa o‘zgarmadi. Yana qayta eslatmoqchiman.

    Mehnat kodeksining 233-moddasiga binoan, ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.

    Lekin 2 yildan buyon shu tizim qonunchilikka zid ravishda qo‘llanmoqda. Tushuntirishga harakat qilaman.

    2016-yil 27-dekabr kuni Prezidentning PQ-2699-sonli qarori qabul qilindi va uning 23-bandida homiladorlik va tug‘ish nafaqasiga oid quyidagicha qoida belgilandi:

     

    • ishga qabul qilingan kundan boshlab 6 oygacha – o‘rtacha oylik ish haqining 50% miqdorida;
    • 6 oydan 12 oygacha – ish haqining 75% miqdorida;
    • 12 oydan ko‘proq vaqt – ish haqining 100% miqdorida nafaqa to‘lanadi.
     

    Ushbu qaror davlat rahbari kemiruvchilarga taqqoslagan moliya tizimida ishlagan sobiq mas’ullar tomonidan homilador ayollarning hisobiga budjetni iqtisod qilish uchun ishlab chiqilgan edi (2016-yil dekabrda ularning asosiy qismi hali “egarda” edi). Va o‘z navbatida bu xalqaro konvensiyalarga zid qaror edi.

    XMTning “Onalikni himoya qilish to‘g‘risida”gi 183-konvensiyasi 6-bandiga binoan, homilador ayollarga beriladigan nafaqa miqdori ish haqining 3 dan 2 qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu 66% dan yuqori degani. Biroq O‘zbekistonda salkam 1 yarim yil davomida homilador ayollarga ish haqining 50%i miqdorida nafaqa to‘lab kelindi. Faqat 2018-yil aprel oyiga kelibgina moliya vazirligining yangi tarkibi bunga chek qo‘ydi. O‘zgarishga ko‘ra, 50% qismi olib tashlandi va ishga kirganiga 12 oy bo‘lmagan ayollarga 75%, 12 oydan oshganlarga 100% etib belgilandi.

    Xo‘p, mana, tuzatishibdiku, yana nima muammo demoqchimisiz? Endi buyog‘ini eshiting.

    Mehnat kodeksining 286-moddasiga binoan, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. Garchi oradan shuncha payt o‘tgan bo‘lsada, lekin Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgarish kiritilgani yo‘q, haliyam TO‘LIQ ISH HAQI bo‘lib turibdi.

    Prezident qarori esa qonundan ustun bo‘la olmaydi (bu haqida batafsil o‘qish).

    Shu sababli aslida Mehnat kodeksining 286-moddasiga tegishli o‘zgarish kiritilmagungacha homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hammaga 100% to‘lanishi kerak va shart!!!

    Biroq 2016-yil dekabrdan toki 2018-yil 4-aprelga qadar butun mamlakat bo‘ylab “paqillatib” 50-75% to‘landi, bugungi kunda esa 75% to‘lash davom etmoqda.

    Mabodo ayrim qonuni yaxshi tushunadigan buxgalterlar “hali Mehnat kodeksiga o‘zgarish kirmadiku” deya 100% to‘lagan bo‘lsa, KRU degan qo‘rqinchli moliyaviy tashkilot tekshiruvlar o‘tkazib, o‘sha buxgalterlarga “ortiqcha to‘langan” pullarni qaytartirishib, intizomiy jazolarga tortishmoqda (ana shunday jabrdiyda buxgalterlardan birining xatini ilova qilyapman).

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    Bu yozganlarim bilan nafaqa pulini ish stajiga qarab tabaqalashtirish qonunga zid, demoqchi emasman. Mayli, agar shu zarur bo‘lsa, tabaqalashtirishsin. Faqat bu qonun doirasida bo‘lsin!

    Aslida 2016-yil 27-dekabrdagi Prezident qarorida hammasi to‘g‘ri yozilgan edi. Xususan, Qarorda Mehnat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2 hafta muddatda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar tayinlash hamda to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin, deya belgilangandi. Ya’ni bu - “avval hamma qonun hujjatlarini to‘g‘rilab olinglarda, keyin amalga kiritinglar” deganidir.

    Biroq bunday tartib, mana, 2 hafta emas, 2 yil o‘tsa hamki, tasdiqlangani yo‘q. 2 yil o‘tdi, 2 yil!

    Nima qilamiz, hurmatli mutasaddilar? Qonun buzilishini jimgina kuzataveramizmi yoki biror chora ko‘riladimi? Homilador ayollarning huquqlari hech kimni tashvishga solmaydimi?

    Yechim: masalaning yechimi juda oddiy, shunchaki to Mehnat kodeksi o‘zgarmagungacha, hamma homilador ayollarga 100% nafaqa to‘lashda davom etish kerak, bo‘ldi. Ortiqcha muammo ko‘rmayapman. Yana ham kim bilsin.

    07.01.2019, 11:37   Izoh (0)   95816
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Vatanparvarlik aksiyasi”: 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi

    07.01.2019, 10:52

    Andijonda 2018-yilda 10 marotaba uch egizaklar tug‘ilishi qayd etildi

    07.01.2019, 09:40

    Nukusda yo‘lovchi poyezdi qulog‘ida naushnik bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan o‘smirni bosib ketdi

    07.01.2019, 09:27

    Namanganliklar yana gumburlash ovozini eshitdi

    07.01.2019, 08:20

    Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari vafot etdi

    07.01.2019, 08:05

    Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uylarga professional boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi

    06.01.2019, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.