Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yamanda AQSh Harbiy-havo kuchlari aviazarbasi natijasida Cole esminetsiga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri Jamol al-Badaviy o‘ldirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Terrorchi Yamanning Mag‘rib viloyatida yo‘q qilindi. U avtomobilda bir o‘zi harakatlangani, hodisa tufayli hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.

Cole esminetsiga 2000-yil 12-oktabrda Adan portida portlovchi modda to‘ldirilgan motor qayiq yordamida hujum qilingandi. Portlash oqibatida 17 nafar dengizchi halok bo‘lgan, 39 kishi yaralangandi.

AQSh Davlat departamenti Jamol al-Badaviyning manzili haqidagi ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi