Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining taqdimot marosimlari o‘tkaziladi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan fond rahbari Iskandar Xalilov Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.
Safar doirasida Saudiya Arabistoni “Vaqf” ishlari idorasi, “Movarounnahr” vaqf mulklari qo‘mitasi, Makka shahridagi “Harami sharif” masjidi imomi, bir guruh vatandoshlar va talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda o‘zbek takyaxonalari (vaqf mehmonxonalari)ga tashriflar uyushtirish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan asrning 20-30-yillarida O‘zbekistondan minglab kishilar xorijiy mamlakatlar, xususan, Saudiya Arabistoniga chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Ular Makka, Madina va Toif shaharlarida ta’lim, tijorat va boshqa muhim jabhalarda faoliyat yuritib, katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lgan. Jumladan, Makka va Madinadagi ikki haram – Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy atrofida ko‘plab yerlarni sotib olib, vaqf sifatida qoldirgan.
Izoh (0)