Toshkent shahrida joriy yil aprel oyida “Tashkent Law Spring” birinchi xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi. Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Shu bo‘yicha ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar dasturida:
O‘zbekistonda qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish;
Mamlakatning investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitiga ijobiy ta’sir qiladigan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish;
“Yilning eng yaxshi advokati”, “Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” va “Eng yaxshi korporativ yurist” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Izoh (0)