Toshkent shahrining 11 tumanida joriy yil 4-yanvardan xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi. Bu haqda shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Qudrat Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“1-yanvardan 3-yanvargacha tegishli qurilmalar o‘rnatildi, fuqarolar uchun sharoit yaratildi va xodimlar o‘rgatildi. Punktlardagi qurilma 180-200 kishiga xizmat ko‘rsatishini kutgandik. Lekin 200 nafardan ortiq odamni qabul qilishimiz mumkin ekan”, — dedi Qudrat Yo‘ldoshev.
IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyevning bildirishicha, hozircha 5 ta viloyatda qurilma o‘rnatilishi hali yakunlanmagan. Ular 7-yanvarga kelib tayyor bo‘lishi va viloyatlarda ham xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilishga kirishilishi kutilmoqda.
Izoh (0)