• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internat ishi: 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan direktorning advokati jarayon haqida o‘z fikrlarini bildirdi

    O‘tgan yilning yoz oylarida Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internati bilan boliq videolar internet olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Aynan ushbu holatdan so‘ng prokuratura tomonidan maktab-internat direktori Shuhrat Sadinovga nisbattan turli ayblovlar e’lon qilindi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Yaqinda mazkur holat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Hukmga ko‘ra, Shuhrat Sadinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103, 110, 167 va 206-moddalarining tegishli bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Shuhrat Sadinov va uning himoyachisi Amriddin Sodiqov sud jarayonida ayrim holatlarga ochiqdan-ochiq ko‘z yumilish, advokatlar tomonidan asosli tarzda talab etilgan holatlar e’tiborga olinmaganidan shikoyat qilib, ushbu jinoyat ishini atroflicha o‘rganishini so‘rab “Daryo”ga murojaat qildi.

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi, “Antique World” xalqaro ilmiy akademiyasi professori, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni sohibi, Xalq ta’limi vazirligi, xalq ta’limi boshqarmasining qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan, to‘rt ziyoli farzand otasi Shuhrat Sadinov bilan bog‘liq sud jarayonini atroflicha o‘rgandi.

    “2018-yilning 26-iyul kuni Shuhrat Sadinov 17 nafar tarbiyalanuvchilarni muttasil ravishda urib-do‘pposlab qiynab kelganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi va 206-moddasini 1-qismi bilan ayb e’lon qilingan. Lekin mavjud sud-tibbiy ekspertiza xulosalari tergovchining hali ish yuzasidan so‘roq qilmasdan va tarbiyalanuvchilarga tan jarohatlari kim tomonidan yetkazilganligini aniqlamasdan turib Shuhrat Sadinovga ko‘r-ko‘rona ayb e’lon qilgan”, — deydi Amriddin Sodiqov. (Ekspertiza xulosalari tahririyatda bor).

    Advokat tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha ushbu holatlarga aniqlik kiritish maqsadida bir qator tergov va tekshiruv harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilgach, 2018-yil 22-oktabr kuni tergovchi tomonidan JPKning 362-moddasiga asosan ayblov o‘zgartirish o‘rniga ayblovni to‘ldirish to‘g‘risida qaror chiqarilib, undan sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga asosan tan jarohatlari olgan tarbiyalanuvchilar sakkiz nafariningismfamiliyalari chiqarib tashlangan. Bu holat – prokuratura tergovchisini jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazishda jinoyat protsessual kodeksida ko‘rsatilganish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi kerakligi to‘g‘risidagi talablarning qo‘pol ravishda buzilishidan dalolat. Tabiiyki tergovchi bu darajada uquvsiz bo‘lishi ham mumkin emas. Uni bunday qo‘pol xatoga qilishga nima majbur qilgan? Bu esa har qanday kishiga shubha uyg‘otishi tabiy.

    Tergovchining qaroridagi jabrlanuvchilarning sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, tergov va sud majlisida bergan ko‘rsatmalariga e’tibor qaratsak. Ushbu qaror bilan Shuhrat Sadinov 8 nafar tarbiyalanuvchini maktab tartib qoidalariga rioya qilmayotganliklarini ro‘kach qilib, ularga rahmsiz muomalada bo‘lib, muttasil ravishda urib-do‘pposlab qiynab kelganlikda ayblanib unga Jinoyat Kodeksining 110-moddasini 2-qismi “a” bandi va 206-moddasi 1-qismi bilan ayb e’lon qilingan.

    “Ajablanarli tomoni shundaki, ularni so‘roq qilish bayonnomalarida Shuhrat Sadinovni ayblash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatmalar bir xil ma’no va bir xil matnda yozilib, bitta so‘roq bayonnomasida yozilgan ko‘rsatmalar boshqa so‘roq bayonnomalarida ham ko‘chirib yozilib, ularga imzo qo‘ydirib olinganligi aniqlangan. Xuddi shu holat sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchilarning bergan ko‘rsatmalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan? Ya’ni, “jabrlanuvchilar” o‘z ko‘rsatmalarida so‘roq bayonnomasini o‘qib chiqmaganliklari, shuning uchun bayonnomada nimalar yozilganini bilmasliklari, bayonnomalarni tergovchi o‘zi kopyuterdan chiqarib ularga berib “so‘roq bayonnomasini o‘qib chiqdim, mening so‘zlarimdan to‘g‘ri va aniq yozib olingan, qo‘shimcha va e’tirozlarim yo‘q” degan so‘zlarni ko‘chirib yozib ularga imzo qo‘yishlarini aytgan. Ushbu bayonnoma sud majlisida o‘qib berilganida undagi so‘zlar noto‘g‘ri yozilganini ma’lum bo‘ldi. Nima sababdan ularga bir xil ayblovlar printerdan chiqarib berilib, qo‘l qo‘ydirib olindi. Sadinovni aybdor qilish kimga kerak bo‘ldi? Sudyagami yoki prokurorga?!”, — deydi Amriddin Sodiqov.

    Advokat Amriddin Sodiqovning ma’lum qilishicha, jinoyat ishida mavjud bo‘lgan jabrlanuvchilarning sud-tibbiy ekspertiza xulosalari bilan tanishib chiqishda ularning aksariyati ekspert tomonidan ekspertiza o‘tkazish jarayonida pedagog ishtirokida so‘ralganida ularni maktab-internat direktori Shuhrat Sadinov urganligi to‘g‘risida gapirmaganliklari aniqlangan. Jumladan, jabrlanuvchi Elmurod Mirzayev o‘z ko‘rsatmasida aslida uni murabbiylari urganini ta’kidlagan. Yana bir jabrlanuvchi Alisher Abdullayev o‘zini Aziz ismli tarbiyachi va boshqa kuni xo‘jalik bo‘limi mudiri urganini bildirgan. Raxul Xalimov esa o‘zini Sherzod ismli tungi tarbiyachi tartibga rioya qilmaganligi uchun chap oyog‘iga urganligini bildirgan. Ekspertiza xulosalarida yuqoridagi kabi boshqa tarbiyalanuvchilarga ham qo‘l ko‘tarmagani oydinlashgan. Ammo negadir qonunga xilof ravishda aynan Sadinovga nisbattan ayblov e’lon qilinganligini tushunish qiyin. Shahar prokuraturasi tergovchisi tomonidan jabrlanuvchilarni so‘roq qilish jarayonida sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga hatto e’tibor qaratilmagan. Xo‘sh, nima uchun?!

    Eng taajjublanarlisi, jabrlanuvchilar M.Egamberdiyev va F.Ismatovlar sud-tibbiy ekspertizasida va dastlabki tergovda ularni tungi tarbiyachi urganligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ularga nisbatan hech qanday qaror qabul qilinmagan.

    “Sudda jabrlanuvchi sifatida to‘qqiz nafar voyaga yetmagan bola ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 6 nafari haqiqatan ham kaltaklanganini rad etdi. Sudgacha, tergov jarayonida ekspertiza o‘tkazilganida ham jabrlanuvchilarning aksariyatida kaltaklangani bo‘yicha ayblovlar o‘z isbotini topmadi”, — deydi Amriddin Sodiqov.

    Sakkiz nafar jabrlanuvchi deb ko‘rsatilganlar tergov jarayonida ishdan chetlashtirilib, boshqa jabrlanuvchilar kiritilgan. Sababi ular birinchi tergov jarayonida bosim ostida internat rahbariga qarshi ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng ular sudda guvoh sifatida ishtirok etib, bor haqiqatni so‘zlab berishgan. Ulardan biri, Omonov Suhrob sudda guvoh sifatida ishtirok etib (dastlabki tergovda jabrlanuvchi), 2018-yil iyul oyida 64-sonli maxsus maktab internetga kelgani, uni internat tarbiyachisi S.Mansurova bolalar mehnat mashg‘ulotida ishlayotgan vaqti rasmga tushirishni, tekshiruvchilar kelganda esa, hushidan ketib o‘zini, kasalga solishini tayinlaganini sudda bildirgan. Agar shu ishni qilmasa, tarbiyachi uni o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytgan. Sud esa buni ham e’tiborga olmagan. Qiziq tomoni shundaki, suddagi to‘g‘ri ko‘rsatmasi uchun S.Omonov tarbiyachining ko‘rsatmasi bilan maktab-internatida kaltaklangan. Xuddi shu holatni S.Omonov navbatdagi sud majlisida ham to‘liq aytib bergan. Afsuski bu safar ham sudya uning so‘zlarini inobatga olmagan.

    Yana bir tarbiyalanuvchi, tergov davomida jabrlanuvchi, sudda esa guvoh sifatida ishtirok etgan Muhammad O‘ktamov ham o‘z so‘zida tarbiyachi S.Mansurova tergovdan oldin, butun sinfni yig‘ib, “Agar biz direktorni yo‘q qilsak, Akbar Madatov o‘rniga direktor bo‘lib keladi. Keyin sizlarni muddatidan oldin uylaringga javob bervoradi” degan gapi uchun, direktorga qarshi ko‘rsatma berganini tan olib sudda haqiqatni aytishga qaror qilganini bildirgan. Bu ko‘rsatma ham e’tiborsiz qoldirilgan. (Tahririyatda yozma tilxati bor).

    Shuhrat Sadinovning advokati uning uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga sababchi bo‘lgan ayblovning dalillari haqiqatdan uzoqligini aytmoqda. Bu ayblovning nima ekanini yozishdan oldin hammasi nimadan boshlanganiga to‘xtalib o‘taylik. Shunda masala mohiyati o‘z o‘zidan oydinlashadi.

    “Internatning ichki tartib qoidalarini bir necha marta buzgan, nomunosib harakatlari uchun pedagogik kengash tomonidan muhokama qilingan, intizomiy jazoga tortilgan tarbiyachi Sayyora Mansurova 2018-yil iyul oyida bir necha sobiq tarbiyachilar, ayrim tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari bilan kelishgan holda Sh.Sadinovga nisbatan g‘araz maqsadda, tuhmat va soxta dalillar bilan respublika huquq tartibot idoralariga shikoyat xati uyushtirgan,

    Mazkur soxta ish bo‘yicha sudda tarbiyalananuvchilardan biri so‘zlab ham bergan. Ana shu yozma murojaat o‘rganilmasdan internet nashrlarida chop etilgach, o‘quvchilar orasida katta shov-shuv va norozilik yuzaga keldi. O‘rganilmagan, aniqlanmagan ma’lumot orqasidan jamoatchilikda 64-maxsus maktab internatda bolalarga qiynoq va boshqa noinsoniy munosabat bo‘layotgani bo‘yicha tushuncha paydo bo‘ldi. Hali hech narsa isbotlanmasdan prokuratura organlari tomonidan Shuhrat Sadinovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llaniladi”, —deydi Amriddin Sodiqov.

    Amriddin Sodiqovning aytishicha, mazkur holat bo‘yicha darhol tergov harakatlari boshlanib, ish viloyat va respublika prokuraturasi nazoratida ekanligi ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilingan. Ammo o‘rganishlar aslida voqealar bu darajada emasligi, S.Mansurovaning o‘zaro adovat natijasida uyushtirgan tuhmati ekanligi oydinlashadi. Biroq, hech qanday asosga ega bo‘lmagan, ammo katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqeylikdan so‘ng prokuratura aslida noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatib yuboribmiz degan bayonotni o‘zi uchun sharmandalik ekanini tushunib qolgan. Natijada otdan tushsa ham egardan tushmaydigan, Sh.Sadinov ishini olib borgan Samarqand shahar prokuraturasi ham, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi vakillari ham yurak yutib Sh.Sadinovga qo‘yilgan ayblovlar noto‘g‘ri ekan degan gapni ayta olmagan.

    Aytganda taqdirda esa asossiz ma’lumotni tarqatgan shu tizimning yuqori organlari mas’uliyatni bo‘yniga olishiga to‘g‘ri kelardi. Demak, endi orqaga yo‘l yo‘q. Sadinov jinoyatchi deb o‘rganilmasdan e’lon qilindimi oxirigacha shunday bo‘laqolsin! “Bitta odamning taqdiri prokuratura yoinki sudning obro‘yi oldida hech gapmas!” Har holda voqealar rivoji ana shu taxminlar tomon yetaklamoqda.

    Tergovchi tomonidan qo‘yilgan ayblovlar Sh.Sadinovni uzoq yil ozodlikdan mahrum qilishga yetmaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Sadinovga endi jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bo‘yicha ham ayblov qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu – muayyan vaqt davomida muttasil ravishda zarar yetkazilib, jismoniy og‘riq va ma’naviy uqubat keltirib chiqaradigan faol xatti-harakatlar sodir etish, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish degani! Buning uchun maktab-internat tarbiyalanuvchisi B.Jumaqulovning maktab internatdan uyiga ketganidan so‘ng salkam 40 kun o‘tib (!) o‘z joniga qasd qilishga harakat qilishi muhim dalil vazifasini bajardi.

    “Sudda B.Jumaqulovning otasi B.Hamdamov ishtirok etib, o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilishga harakat qilishida Sadinovning mutlaqo aloqasi yo‘qligini bildirdi. Direktor o‘g‘lini urmagani, hatto haqorat ham qilmaganini ta’kidladi. Ammo barchaning ko‘z o‘ngida o‘tgan ochiq sud majlisida bu e’tiborga olinmadi. Manashu e’tiborsizlikning o‘zi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ayrim vakillari uchun sharmandalik emasmi? Xolbuki, B.Hamdamov holatni ikir-chikirigacha so‘zlab, bo‘lib o‘tgan voqeaning asl sabablarini to‘liq va asosli qilib keltirgan edi”, — deydi Amriddin Sodiqov.

    Masalaga yana bir marta aniqlik kiritish uchun B.Hamdamov bilan suhbat uyushtirdik. B.Hamdamov haqiqatan ham o‘g‘lining xulq atvori salbiy ekani, o‘zi uddalay olmagani, o‘g‘rilik qilgani, yolg‘on gapirishga moyilligi borligini so‘zlab berdi. Otaning aytishicha, o‘g‘li o‘g‘irlik jinoyati bilan qo‘lga tushgach, ichki ishlar xodimlari bolaga psixolog yordami zarur ekanini uqtirgan. Shundan so‘ng mazkur maktab-internatga yuborilgan, o‘g‘lini xabar olib turishi, bu yerdagi sharoitlardan qoniqishi, o‘g‘li shu yerda vaqtida tarbiyasi ijobiy tomonga o‘zgarganini ma’lum qildi.

    B.Hamdamovning aytishicha, o‘g‘li bir necha marta internatdan qochgan. Uchinchi marta qochganida Buxoroga, o‘z uyiga kelgan. Otasi darrov internatga qo‘ng‘iroq qilib o‘g‘lining uyga kelganini ma’lum qiladi. O‘g‘li uyni sog‘ingani uchun endi rasman ta’tilga ruxsat berishlarini so‘raydi. Ruxsat berilgach, ota-onaning tilxati, Buxoro viloyat Qorako‘l tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining kafolat xati bilan o‘g‘li ta’tilga chiqadi. (Tilxat bor.)

    Oradan salkam qirq kun o‘tib B.Jumaqulov uyidan pul o‘g‘irlab Buxoroga shahriga borib, kiyim-kechak, o‘yinchoqlar olgani, uyiga qo‘ng‘iroq qilib, Olot tumanida ekanini aytadi. Otasi uyga tez qaytishini talab qiladi. Shundan so‘ng bola o‘z joniga qasd qilishga harakat qiladi. Otaning fikricha, o‘g‘li pul o‘g‘irlagani uchun otasidan qo‘rqib, joniga qasd qilishga harakat qilgan. (Audioyozuv bor).

    Tarbiyalanuvchi B.Jumaqulovning o‘zi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Sh.Sadinov unga hech qachon noinsoniy munosabatda bo‘lmagani, urmagani, ammo Jasur ismli tarbiyachi unga qo‘l ko‘targanini so‘zlab berdi. Bola – sudda ham bu haqda aytib bergan. Ammo ming afsus va taajjubki na bolaning va na uning otasining ko‘rsatmalari sudda e’tiborga olinmagan. Sadinov aybdor, tamom – vassalom! Eng hayratlanarlisi, jinoyat protsessual kodeksida ham, boshqa bir qator huquqiy hujjatlarda ham tergovdagi emas, suddagi ko‘rsatmalar inobatga olinishini aniq-tiniq belgilab qo‘yilgan. Nahotki biz bilgan bu qoidani prokuratura va sud organlari bilmaydi!

    Darvoqe, bundan tashqari Sadinovga g‘ayriqonuniy tarzda yana bir qator ayblovlar qo‘yilgan. Jumladan, Samarqand viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi nazorat taftishchisi tomonidan maktab-internatning 2016 yil 01 dekabrdan 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan davrida davlat moliyaviy nazorat tadbiri o‘tkaziladi. Ana shu taftish jarayonida ham bir qator jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

    Xususan, Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining boshqa xodimlar qatori Sh.Sadinovni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqlari asosida unga rag‘batlantirish tariqasida va moddiy yordam ajratish to‘g‘risida buyruqlari asosida pullar to‘g‘ri berilgan bo‘lsa-da taftishchi tomonidan dalolatnomada atayin noto‘g‘ri berilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Advokat A.Sodiqovning bildirishicha, o‘ndan ziyod shu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan va Sh.Sadinov aybdor deb topilgan. Xolbuki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining advokatga javob xatida Sadinovga berilgan mukofot pullarining noqonuniy emasligi bayon etilgan. (Javob xati bor.)

    Advokat ana shu kabi vajlar bilan butun umrini yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlagan yuqorida aytganimizdek, ko‘p marta mehnatlari e’tirof etilgan, qisqa vaqt ichida internatdagi bolalarning mehribon murabbiyiga aylangan ziyoli inson shu tariqa dahshatli jinoyatchiga aylantirilganidan norozi. Uning fikricha, direktordan jinoyatchi yasashga shu darajada ochiq oydin kirishilganki, tarbiyalanuvchilardan tushuntirish xati olishda barchasida aynan S.Mansurova pedagog sifatida ishtirok etgan. Hatto tarbiyalanuvchilardan biri sudda Sadinovga tuhmat qilmagani uchun S.Mansurova tomonidan tazyiq ostiga olingani bo‘yicha, foto va audiomateriallar kelib tushdi.

    Yuqorida Shuhrat Sadinovning advokatining fikrlari keltirilgan. Qonun bo‘yicha sud hukmidan norozi tomon hukm ustidan apellyatsiya berish huquqiga ega.

    04.01.2019, 11:21   Izoh (0)   38844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook’dagi “Sergeli tumani” guruhi imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram uyushtirdi (foto)

    04.01.2019, 10:24

    O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi mustaqil davlat organi tashkil etiladi

    04.01.2019, 10:14

    O‘zbekistonda kadrlar tanlash tizimi takomillashtiriladi

    04.01.2019, 09:47

    ShHT bosh kotibi Vladimir Norov: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ShHTdagi mas’uliyatli lavozimga tayinlangan birinchi vakili ekanimni alohida ta’kidladi

    04.01.2019, 09:30

    O‘zbekistonda Qonunchilik muammolari instituti tashkil etilganiga bir yil to‘ldi

    04.01.2019, 09:25

    O‘zbekistonda harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘ladi

    04.01.2019, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.