AQSh fuqarosi Pol Uilan Rossiya poytaxti Moskva shahrida josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bergan.
Erkak 28-dekabr kuni josuslik aksiyasini o‘tkazish vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan josuslik aybi qo‘yilgan bo‘lib, buning uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Holat yuzasidan boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.