29-dekabr, shanba kuni Angliya premyer ligasining 20-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Arsenal”ni 5:1 hisobida yengdi.
Uchrashuvda “mersisaydliklar” hujumchisi Roberton Firmino 3 ta gol urib, het-trikka erishdi. 27 yoshli braziliyalik futbolchi APL doirasida 43 ta gol urib, “Liverpul”ning sobiq o‘yinchisi Filippe Koutinyodan (41) o‘zib ketdi va musobaning eng sermahsul braziliyalik futbolchisiga aylandi.
Bundan tashqari, u Angliya premyer ligasida bitta o‘yinda 3 ta to‘p kiritgan 3-braziliyalik o‘yinchi bo‘ldi. Bungacha faqat Robinyo (“Manchester Siti”) va Afonso Alvesh (“Midlsboro”) 3 tadan gol urishning uddasidan chiqqandi.
Ma’lumot uchun, APLning joriy mavsumida Firmino 20 ta o‘yinida 7 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)