29-dekabr, shanba kuni Angliya premyer ligasining 20-tur bahslari doirasida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Arsenal” qarshi o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida misrlik futbolchi Sadio Manega golli pas berdi va 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan Bernd Leno darvozasiga gol urdi.
APL rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Saloh hisobida 19 ta uchrashuvda “gol+pas” tizimida 20 ochko (13 ta gol va 7 ta golga assistentlik) mavjud.
U joriy mavsum APL doirasida ushbu natijani qayd etgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi. Misrlik hujumchi (13 ta gol) to‘purarlar bahsida Pyer-Emerik Obameyang va Harri Keyn bilan kurash olib bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)