Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich mavsum yakuniga yetgach “Chelsi” tarkibiga kelib qo‘shiladi. Bu haqda Bild nashri xabar beradi.
20 yoshli amerikalik futbolchi allaqachon londonliklar bilan shaxsiy shartnomani tuzishga erishgan.
Avvalroq “Borussiya D” o‘yinchini 70 million yevroga pullamoqchi edi, ammo yozgi transferlar vaqtida Pulishichni “Chelsi”ga 50 million yevro evaziga berishga va’da berdi.
“Aristokratlar” futbolchini yanvar oyidayoq safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Yarim himoyachining germaniyaliklar bilan shartnomasi 2020-yilning yozigacha belgilangandi.
Xabar berilishicha, Pulishichga “Chelsi”dan tashqari “Tottenhem”, “Bavariya” va PSJ ham qiziqish bildirayotgandi.
Ma’lumot uchun, Kristian Pulishich ushbu mavsumda “Borussiya D” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)