AQShning bir qancha shtatida internet tarmog‘iga ulanishda ommaviy uzilishlar kuzatildi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ma’lum qilinishicha, internetdagi uzilishlar CenturyLink telekommunikatsion kompaniyasidagi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. Ushbu nosozliklar sabab Nyu-Yorkdan Kaliforniyagacha bo‘lgan hududda foydalanuvchilar internetga kira olmagan.
AQSh federal komissiyasi vakili Jessika Rozenvolsenning so‘zlariga ko‘ra, uzilishlar butun mamlakatda kuzatilmoqda hamda masala bo‘yicha tergov harakatlari qilinishi shart.
Izoh (0)