Facebook’da mobil dasturning dasturiy interfeysi bilan bog‘liq nosozlik yuz berdi, bu esa foydalanuvchilarning suratlarini olish imkonini yaratdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq o‘z blogida yozgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ta‘kidlanishicha, foydalanuvchilarning suratlari 2018-yilning 11—25-sentabr kunlari himoyasiz qolgan.
Nosozlik oqibatida Market Place yoki Stories’da e’lon qilingan, shuningdek, yuklangan, biroq e’lon qilinmagan suratlarni olish mumkin bo‘lgan. Ayni paytda nosozlik bartaraf qilingani aytilmoqda.
Izoh (0)