Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi A. M. 500 AQSh dollarini pora sifatida olayotgan paytida ushlandi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Nashr manbasiga ko‘ra, ushbu holat shu yil 21-dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Bu keyingi hafta davomida pora olayotgan sudyaning qo‘lga tushishi bilan bog‘liq ikkinchi voqea. O‘tgan hafta fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z. I. 12 000 AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushgandi.
Izoh (0)