Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning “Monako” tarkibiga o‘tishi Liga 1’ning 2018-yildagi eng yomon transferlaridan biri deya e’tirof etildi. Ro‘yxatni Fransiyaning Le 10 Sport nashri tuzdi.
Monegasklar SSKAga Rossiya terma jamoasi o‘yinchisi uchun 30 million yevro to‘lagandi. Golovin Fransiya chempionatida 10 ta uchrashuvda atigi 1 ta golli uzatma berdi.
Bundan tashqari eng omadsiz transferlar Top-10 ligidan Kevin Strotman, Nemanya Radonich, Duye Chaleta-Sar (barchasi – “Marsel”), Nosir Shadli (“Monako”), Ganso (“Amyen”), Mett Myazga, Abdul Uoris (ikkalasi ham – “Nant”), Mizyan Maolida (“Nitssa”) va Yannis Salibur (“Sent-Etyenn”) joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)