Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Samarqand” xalqaro aeroportiga “Sheremetyevo-Samarqand” yo‘nalishi bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.J.ga tegishli bagaj va qo‘l yuklarini ko‘zdan kechirildi. Natijada qo‘l sumkadan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan qiymati 20 million so‘mga yaqin, umumiy og‘irligi 73,67 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat sudda ko‘rib chiqildi. Sud fuqaro M.J.ga nisbatan jazo tayinlashda, uning qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas deb e’tirof etib, tegishli qaror chiqardi.

Sud qaroriga ko‘ra fuqaro M.J. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227 22-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 33-moddasi qo‘llanilib, eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Shu bilan birga 20 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlari tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilindi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxonachilari tomonidan 3 kilogramdan ortiq tilla buyumlari to‘xtatib qolingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi