“Muslimaat.uz” muslimalar portali Malika hoji aya Nurmuhammedovaning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.
Malika hoji aya butun umrini Islom dinining ravnaqiga, xususan, ayol-qizlarning ta’limiga bag‘ishlagan inson edi. U kishi hozirgi Xadichai Kubro nomidagi ayol-qizlar Islom bilim yurtining tashkil qilinishiga bevosita sababchi bo‘lgan va 1993—2008-yillar davomida shu ilm-ma’rifat maskanida mudarrisa bo‘lib xizmat qilgan.
Izoh (0)