23-dekabr, yakshanba kuni Angliya premyer ligasi 18-tur doirasida “Tottenhem” “Everton” maydoniga safar qildi. “Gudison Park” stadionida kechgan o‘yinda mehmonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (6:2).
Uchrashuvda “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn dublga erishdi. Angliyalik futbolchi “Everton” bilan bo‘lib o‘tgan ketma-ket 4 ta o‘yinda kamida 2 tadan gol urdi va Maykl Ouenning 1998/01-yillarda “Liverpul” safida “Nyukasl”ga qarshi kechgan o‘yinlarda qayd etgan natijasini takrorladi.
“Tottenhem” APL musobaqa jadvalida 42 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi. “Everton” esa 11-pog‘onadan joy olgan (24 ochko).
Harri Keyn esa to‘purarlar poygasida 11 ta gol bilan Pyer-Emerik Obameyangdan(12 ta gol) so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)