Amerikalik aktyor Tom Xenks SoCal In-N-Out Burger tezpishar taomlar restoraniga kirdi va yangiliklar nishoniga tushib qoldi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

Foto: “Zakon.kz”

Qayd etilishicha, Xenks ushbu tamaddixonaga ovqatlanish uchun kirgan. Aktyor bu yerda nafaqat muxlislari bilan suratga tushgan, balki ularni o‘z hisobidan mehmon qilgan.

Bundan tashqari, ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori restorandagi barcha mijozlar bilan salomlashib, ular bilan suratga tushgan. Restoranga tashrif buyuruvchilar taniqli aktyor bilan suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirgan.

Foto: “Zakon.kz”

Foto: “Zakon.kz”

Tom Xenksning yonida rafiqasi Rita Uilson ham bo‘lgan.