Qozoq rejissori Sergey Dvorsevoyning “Ayka” filmi “Oskar” mukofotining “Chet tilidagi eng yaxshi film” kategoriyasi nomzodlarining short-listiga kiritildi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
“Ayka” filmi syujetida Moskvada ishlaydigan qirg‘izistonlik yosh muhojir qizning ichki “men”ining shakllanishi aks etadi. Bosh rolni qozoq akrtisasi Samal Yeslyamova ijro etgan. U “Ayka” filmidagi obrazi uchun “Xalqaro Kann festivali”da “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
“Oskar” mukofotining “Chet tilidagi eng yaxshi film” ro‘yxatida “Qushlar yo‘lagi” (Birds of Passage, Kolumbiya), “Aybdor” (The Guilty, Daniya), “Hech qachon ortga qarama” (Never Look Away, Germaniya), “Do‘kon o‘g‘rilari” (Shoplifters, Yaponiya), “Kapernaum” (Capernaum, Livan), “Roma” (Roma, Meksika), “Sovuq urush” (Cold War, Polsha) va “Yong‘in” (Burning, Janubiy Koreya) kinofilmlari kiritilgan.
“Oskar” mukofotining 91-taqdirlash marosimi 2019-yilning 24-fevral kuni Los-Anjelesning “Dolbi” teatrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)