Qozog‘istonning Jambil viloyatida “Miss politsiya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
G‘oliblar hududiy departamentning Instagram tarmog‘idagi sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Muxlislarning ovozi bilan eng go‘zal politsiyachi deb amaliyot boshqarmasi inspektori, politsiya leytenanti Kundiz Bugenbayeva tan olindi.
Ovozlarni to‘plash olti oy davom etdi. G‘olib 2095 laykka ega bo‘ldi.Ikkinchi o‘rinni 1026 ovoz bilan katta leytenant Aynur Mirzaxanova qo‘lga kiritdi.
Uchlikni politsiyachi Botagoz Axmetova yopib berdi. Unga 992 marta ovoz berildi.
Tanlovda shuningdek quyidagi politsiyachi qizlar ishtirok etdi:Leytenant Baljan Yeseyeva
Katta leytenant Damira Ongarbayeva
Katta leytenant Fariza Musayeva
Politsiya kapitani Dinara Dosimbekova
Izoh (0)