2019-yil 1-yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi jamg‘arma vazifalarida umumiy o‘rta ta’limning o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari qaytadan ko‘rib chiqilib, takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, har bir hududda iqtidorli o‘quvchilar uchun Prezident maktablari tashkil etish, hamda zamonaviy maktablar qurish rejalashtirilgan. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan namunali maktablar tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini oshirish maqsadida “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risidagi” qonuni ishlab chiqiladi.
Izoh (0)