• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Biz — tarix mevasimiz. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi shu haqda

    Kinotanqidchilar tomoniga aytiladigan e’tirozlar ichida eng ko‘p yangraydiganlaridan biri — “Kinoni Musoqov olsa tamom, maqtayverasizlar”. Balki bu gapda jon bordir. Lekin boshidan aytib qo‘yay — men “musoqovchi” emasman. Aytaylik, uning urush haqidagi boshqa bir filmi — “Vatan” meni hech narsasi bilan hayron qoldira olmagan. Lekin 19-dekabr kuni premyerasi bo‘lib o‘tgan “Berlin – Oqqo‘rg‘on” menda chuqur taassurot qoldirdi. Kinoteatrdan chiqiboq qog‘oz qoralab, maqtovlarni qalashtirib tashlagim keldi — shuning uchun ham o‘zimni tiyib, vaqt o‘tishini kutdim. Endi, sovuq kallaga nima yoqdi-yu, nima yoqmadi — batafsil tushuntirishga harakat qilaman.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Ta’kidlab o‘tish kerak bo‘lgan birinchi narsa — ko‘rib chiqilayotgan film avvalambor san’at asari, tomoshabinni zavqlantirib, kassa to‘plashga qaratilgan blokbaster emas. Shunga qaramay, u keng omma tushunadigan yo‘sinda, zamonaviy va tomoshabop qilib olingan. Bu ikki jihatni o‘zida jipslashtiradigan filmlar o‘zbek kinematografida yo‘q hisobi: “aqlli” filmlar artxaus formatida, zerikarli qilib olinadi, tomoshabop filmlarda esa ma’no-mantiq o‘lib ketadi.

    Ikkinchi jihat — san’at asari mukammal bo‘lmasligi ham mumkin. Bu bilan film kamchiliklardan xoli emas demoqchiman. O‘zi mukammal film olish deyarli imkonsiz. Asosiysi — rejissorda g‘oya bo‘lgan, u o‘z oldiga konkret ijodiy vazifa qo‘ygan va, ayrim kamchiliklar bilan bo‘lsa ham, bu vazifani uddalagan.

    Yutuqlar

    Zulfiqor Musoqov tanqidchilaridan ko‘p eshitganim e’tirozlardan yana biri — u har qancha chiroyli va ma’noli filmlar olmasin, ijodkor sifatida o‘smayapti, yangi filmlarida eski topilmalarini va priyomlarini takrorlayapti. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” bu e’tirozlarga javob o‘laroq Musoqovning o‘sishini ham ko‘rsatadigan ishdir.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Bu birinchi galda kartinaning kompozitsion qurilishida ko‘rinadi. Film prologida inson xotirasi ko‘rpa quroqlari misol uzuq-yuluq esdaliklardan iboratligi haqida hayotiy passaj keltiriladi (quroq ko‘rpa fonida). So‘ng inson xotirasining mana shu xususiyati kino strukturasiga ko‘chiriladi, bu bilan rejissor o‘z ijod mahsuli mohiyatan xotiralar in’ikosi ekanligiga ishora qiladi. Asar tanasini tashkil etuvchi syujet liniyalari (Oqqo‘rg‘ondagi I.V. Stalin kolxozi – front; Berlindagi ikki oila – Kichik Deboraning qasosi; Stalin; Gitler; Maryam Yoqubova – Vsevolod Meyyerxold – Zinaida Rays – Mixail Chexov) yana fragmentlarga bo‘linib, sochib yuboriladi. Mana shunday zamon va makon aralashuvi sekinlik bilan tartibga kelib, pirovardida chiroyli mozaika hosil qiladi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Syujet bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lmagan bir qancha liniyalardan tashkil topishi meksikalik rejissor Alexandro Inyarrituning eng yaxshi filmi (garchi uni ko‘proq Di Kaprio ishtirokidagi “Omon qolgan” blokbasteri tufayli tanishsa-da) — “Bobil”ga o‘xshab ketgan bo‘lsa, bu liniyalar zamon va makonda aralashtirib yuborilishi Kristofer Nolan ijodini eslatib yubordi. Buni qarangki, Nolan ham bir yil muqaddam urush mavzusiga qo‘l urib, “Dyunkerk” shedevrini yaratgandi.

    Menda film assotsiatsiyalar uyg‘otgan yana bir san’at asari — Aleksandr Chakovskiyning “Qamal” romani. Beshta kitobdan iborat ushbu epopeya urush yillari yashagan, bir-biri bilan axyon-axyonda uchrashib qoladigan, biroq tarix taqozosi bilan mustahkam bog‘langan o‘nlab taqdirlardan hikoya qiladi. Lekin kitobda bayonning chek-chegarasi yo‘q, kinoda esa xronometrajni hisobga olmasa bo‘lmaydi. Shunday ekan, 100 daqiqa davom etadigan filmda o‘nlab personajlarni ochib berishga vaqt yetmasligi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun ijodkorlar odatda hujjatli bayonga murojaat etadi, ya’ni katta-katta voqealar hujjatli filmlardagidek kadr ortidagi ovoz bilan tavsiflanib, o‘tkazib yuboriladi. “Berlin – Oqqo‘rg‘on”da ham hujjatli epizodlar bor, lekin ular uncha ko‘p bo‘lmagani uchun badiiyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Nisbatan kam vaqt ichida ko‘plab obrazlarni ochib berishda qo‘l keladigan yana ikki jihat bor. Birinchidan, aktyorlarning ko‘pchiligi (hammasi emas — bu haqda keyinroq gaplashamiz) o‘z rollarini mahorat bilan ijro etgan, tuyg‘ular ishonarli ko‘rsatilgan. Ikkinchidan, filmning tarixiyligi ishni ancha osonlashtirgan, negaki tarixiy filmning kontekstini, qahramonlar yashayotgan olamning shart-sharoitini tushuntirishga ekran vaqtini sarflash shart emas, tomoshabin buni taxminan biladi, qahramonlarning his-tuyg‘ularini shundan kelib chiqib talqin qiladi, umuman, nimani ko‘rishini oldindan biladi va shunga tayyorgarlik ko‘rib keladi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Operator ishi Musoqov uslubidagi o‘zgarishlarni yanada yaqqol ko‘rsatib beradi. Ochig‘i, uning filmlaridagi uzoq statik kadrlar film dinamikasini sekinlashtirib yuborar edi. O‘zbek kinochiligida azaldan uzun kadrlarga moyillik bor — bu “asl” kinematografik kadr bo‘lgani bois televideniyedan kirib kelgan qisqa kadrlarga ehtiyotkorlik bilan qaraladi. Lekin bu safar dinamik kadrlar va yirik planlar juda ko‘p bo‘lib, bu film syujeti tez yurishiga yordam bergan.

    Bundan tashqari, muallif kino tilidan ham unumli foydalangan — ayrim epizodlar rangli, ayrimlari oq-qora tusda bo‘lishi, qahramonlarning nigohlari, kerakli harakatlarni “ilib” oladigan yirik planlar, ramzlar (kolxoz Stalin nomiga qo‘yilgani, svastika tushirilgan ulkan bayroq yahudiylarning parda ortidan bo‘sa amaliga xizmat qilishi va hokazo) shunchaki bir voqeani ko‘rsatib bermay, unga qo‘shimcha ma’no ham yuklagan.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Rejissura, postanovka, operatorlik ishi, aktyorlik ishidan tashqari, kinoning umumiy sifatini baholaydigan yana bir qancha kriteriylar bor. Ustoz Hamidulla Akbarovning o‘rgatishicha, film syujeti qiziqarli ekanligini tushunishning oson yo‘li — bitta-ikkita epizod tushib qolsa, umumiy ma’no tushunarsiz bo‘lib qoladi; filmning o‘ziga xosligini baholashning oson yo‘li — eng muhim epizodlarni (idealda — butun syujetni) boshqa zamonga va makonga ko‘chirishning imkoni bo‘lmasligi kerak. “Berlin – Oqqo‘rg‘on”da mana shunday epizodlar bor. Masalan, meni o‘ziga maftun etgan bir sahnada Qo‘zivoy Shodiyev (Hasan Shuhratov) o‘rmon ichida bekinib, o‘zbekcha qo‘shiq ayta boshlaydi, fashistlar bundan vahimaga tushib, himoya marralarini egallaydi, so‘ng Qo‘zivoy ularni birin-ketin o‘qqa tutadi.

    Kinematografik yumushdan tashqari, loyiha ustida katta intellektual ish olib borilgani ko‘rinib turibdi: tarixiy manbalar o‘rganilgan (arxiv hujjatlari, suratlar va videolar keltirilgan), o‘sha davrda yashagan oddiy odamlar — tarixiy shaxslarning biografiyasi tiklangan (hujjatlar va intervyular yordamida bo‘lsa kerak), zamonga xos buyumlar, kiyimlar va umumiy atmosfera yaxshi jonlantirilgan. Qahramonlarning bari o‘z tilida (nemis, rus, o‘zbek, qozoq), Stalin (Nugzar Davitashvili) esa hatto gruzincha tallafuz bilan gapiradi. Buning bari realizm darajasini oshiradi.

    Stalin “yaxshi bola” bo‘lganmi?

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Film ekranga chiqishidan oldin ham, jurnalistlar va blogerlar uchun yopiq namoyish o‘tkazilgandan so‘ng ham ko‘p bahslarni keltirib chiqargan masala Stalin obrazi bo‘ldi. Ba’zilar Zulfiqor Musoqov Stalinni ijobiy tarafdan ko‘rsatgani, umuman, “ideallashtirgani” haqida gapirdi.

    Bu narsani miyamda saqlab, tayyor bo‘lib premyeraga kirdim, ammo Stalin ijobiy qahramon degan xulosaga kelmadim. To‘g‘ri, kolxoz aholisi sahnada Stalinni ko‘rib, hayajonga tushadi, unga talpinadi; Qo‘zivoy Shodiyev ham qarigan chog‘da devorga uning suratini osib qo‘yadi, suratni tushirib yuborgan nabirasiga jahl qiladi. Lekin bu, menimcha, Stalinga rejissorning emas, personajlarning munosabatini aks ettiradi. “Dohiy”ni yaxshi ko‘rishgani, ilohiylashtirishgani bor gap. U o‘lganda xalq yig‘lagani ham haqiqat. Yigirma yilgina muqaddam xonlikdan chiqqan, endilikda esa bolshevistik diktatura sharoitida, tinimsiz propaganda ichida yashayotgan savodsiz va och-nahor xalqqa buning uchun ayblov qo‘yish, menimcha, to‘g‘ri bo‘lmaydi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Aslida kinoda Stalin rejimining teskari tomonlari ham ko‘rsatib ketiladi. Eri arzimas sabablarga ko‘ra “xalq dushmani” sifatida qamab tashlanib, xotini va qizi Oqqo‘rg‘onga surgun qilingan Norboyevlar oilasi; san’atkor bo‘la turib siyosat qurboniga aylangan Meyyerxold (Grigoriy Goldman) va Rays (Kristina Korubko) juftligi, Sibir sovug‘ida g‘ayriinsoniy sharoitda saqlanayotgan tutqunlar... Hatto Gitler va Stalinga xalqning munosabati, shaxsga sig‘inish unsurlari (hamma yerda ikki “dohiy”ning surati) bir xil ko‘rsatiladi. Menimcha, bu tomoshabin xulosa qilib olishi uchun, o‘sha zamon siyosatining asl qiyofasini tushunishi uchun yetarli. Stalin shaxsining o‘ziga keladigan bo‘lsak, nafaqat u, balki Gitler (Rudolf Shvarsenberg) ham ancha bosiq va aqlli qilib tasvirlangan, va bu narsa tarixiy haqiqatga mos keladi. Shaxsiy hayotda, bilsangiz, yomon odamning o‘zi yo‘q: hammamiz ham suyukli farzand, mehribon ota, ardoqli yormiz. Insonni insoniylikdan chiqaradigan, bo‘linish va adovatni keltirib chiqaradigan narsa — bu g‘oya. Ajoyib do‘st va oila a’zosi bo‘lmish shaxsning miyasiga biror-bir siyosiy, milliy, irqiy va hokazo g‘oya o‘rnashib qolsa bormi, u odamlarni “o‘zimizniki” va “begona”ga ajrata boshlaydi, bu bo‘linish axiyri qonli ixtiloflarga olib keladi. Bolshevizm ham, natsizm ham mana shunday bo‘linishga, qarshi qo‘yishga asoslangan ideologiyalar edi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    To‘g‘ri, filmda bolshevizmning jinoyatlariga natsizm jinoyatlariga nisbatan kam e’tibor qaratilgan. Natsizm, antisemitizm, xolokost mavzulariga butun boshli syujet chizig‘i bag‘ishlangan. Lekin buni bir tomonni oqlash deb tushunmaslik kerak. Natsizm jinoyatlari zinhor bolshevizm jinoyatlarining ko‘lamini kamaytirib qo‘ymaydi. Gitler SSSRga hujum qilgan kuni, 1941-yil 22-iyunda so‘zlagan nutqida Cherchill ham “natsizm rejimini kommunizmning eng yomon illatlaridan ajratib bo‘lmasligi”ni, lekin ayni paytda u “o‘z vatani ostonasini qo‘riqlab turgan rus askarinigina” ko‘rayotganini va shu bois madaniyatli insoniyat SSSRga yordam berishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi. Filmda ham shuni eslatuvchi nuqtai nazar — Stalinga bo‘lgan ziddiyatli munosabat va Ikkinchi jahon urushiga romantik yondashuv aks etgan.

    Gap shundaki, o‘z yeridan, qishlog‘idan, oilasidan uzib olinib, frontga olib ketilgan yoshlarning jangovar ruhini ko‘tarish uchun ularga vatan, Stalin, g‘alaba, kommunizm singari tushunchalar yonma-yon qo‘yib singdirilgan. Vatanni Stalin bilan, g‘alabani uning dono qarorlari bilan bog‘lash odat bo‘lib qolganki, hatto siyosat qurbonlari bo‘lgan odamlar ham “dohiy”ni yaxshi ko‘rishda davom etgan. Bu propagandaning keng tarqalgan priyomlari bo‘lib, ular bilan bugun ham to‘qnash kelamiz. Bir imzo bilan taqdirlarni o‘zgartirib yuborgan, butun boshli avlodlarning yoshligi va salohiyatini qurbon qilgan va ayni damda ommaning mehrini qozongan mayda “dohiycha”lar bugun kam deb o‘ylaysizmi?

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Filmda mana shunday holat ko‘rsatib berilgan: Qo‘zivoyning ishqi qatag‘on qurboni bo‘lmish qizga — Gulshoda Norboyevaga (Rayhon Asadova) tushadi, so‘ng qiz hech qanday sababsiz o‘n yillik qamoqqa hukm qilinadi; Qo‘zivoy bu hukmga qarshi chiqib, qizni qutqarib qoladi; shuncha ishlarga qaramay, Qo‘zivoy keksalik chog‘ida (Ahror Rahimov) ham Stalinni o‘z dohiysi deb biladi. Bu — individual qarash, bir kishining nuqtai nazari. U tarix xulosasiga mos kelmasligi mumkin.

    Tarix esa allaqachon Stalinga ham, Gitlerga ham yetarli baho berib bo‘lgan. Bu ikkisi ham insoniyat tarixidagi eng qonxo‘r rahnamolardan sanaladi. SSSRda ham Reyx konslagerlaridan qolishmaydigan konslagerlarda o‘n minglab odamlar g‘ayriinsoniy sharoitda saqlangan; Stalin davrida mamlakat hududidagi barcha millatlarning ziyoli qatlami yo‘q qilingan, millionlab odamlar o‘ldirilgan, o‘n millionlab odamlarning taqdiri sindirib yuborilgan. Doimiy ochlikda, urush girdobida, siyosiy qatag‘onlar sharoitida yashagan odamlar esa bu qiyinchiliklarning tub ildizi haqida o‘ylab ko‘rishga har doim ham ulgurmagan, zero propaganda ularga Stalinning dohiyligini singdirgan. Bunday misollarni bugun ham o‘z atrofimizda ko‘rishimiz mumkin. O‘z oilamdan misol keltirsam. Bobom 40-yillarda Stalingrad ostonasidagi janglarda qatnashayotganida uning xalqi — qrimtatarlar, 200 mingdan ortiqroq odam soxta ayblov bilan deportatsiya qilindi. Ularning yarmiga yaqini ochlikdan va kasalliklardan qirilib ketdi, qolgani esa dalalarga boshpanasiz va ovqatsiz tashlab ketildi; mahalliy aholi ularga ovqat berishi taqiqlandi; maktablardan bolalar olib kelinib, qrimtatarlar ularga “xalq dushmanlari” sifatida ko‘rsatildi, qariyalar va ayollar kaltaklatildi. Mana shunday kulfatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bobom, shularga qaramay, umrining oxirigacha kommunizmga sodiq qoldi. Bugungi ilg‘or, rivojlangan zamon balandligidan turib bobom to‘g‘ri yo noto‘g‘ri qilgan deya baho berishim o‘rinli bo‘larmikin?

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Stalin haqidagi xotiraning ardoqlanishi, yuqorida aytilganidek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba bilan ham bog‘liq. Bu ikki tushuncha bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketganki, ayrimlar ularni ayro tasavvur etolmaydi. Bugungi tarixchilikda bu boradagi fikrlar ham ziddiyatli. Ko‘pgina zamonaviy tarixchilar aslida bu ikki buyuk yovuzlik o‘rtasidagi kurash bo‘lganini, kichikroq yovuzlik kattarog‘ini yenganini, o‘zbeklar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqalar shunchaki o‘z mustamlakachilariga old safdagi arzon kuch (“pushechnoye myaso”) bo‘lib xizmat qilganini, g‘alaba SSSR xalqlarini baxtli qilib yubormaganini, aksincha, qatag‘onlar, ochlik va inqirozlar davom etganini e’tirof etadi. Bunday baho, tabiiyki, ayrimlarning jahlini chiqarishi mumkin, axir ular uchun g‘alaba yaqin tarixdagi eng buyuk voqea va faxr-iftixor manbai bo‘lib qolgan.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Filmda Ikkinchi jahon urushi aynan shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Hatto shu yo‘nalishdagi argumentlar keltiriladi. Masalan, Qo‘zivoy tushida qishlog‘iga fashistlar kelib, yaqinlarini (Seydulla Moldaxanov, Ra’no Shodiyeva, Rayhon Asadova, Mahliyo Asqaraliyeva, Fathulla Mas’udov ijrosida) o‘ldirishini ko‘rib, cho‘chib tushadi va jang qilishga kuch topadi (“fashistlar sening uyingga ham yetib boradi” degan ritorika bolsheviklar tomonidan askarlarning ruhini ko‘tarishda ko‘p qo‘llanilgan); bundan tashqari, Reyxning bir hujjati tilga olinadi — ushbu hujjatda aytilishicha, yuzdan ortiq xalq, ular orasida ruslar, ukrainlar, o‘zbeklar va boshqalar yuz foiz qirib tashlanishi natsistlarning rejasida belgilangan ekan. Bu hujjatni ayrim rus tarixchilari bayroq qilib, shu yo‘l bilan g‘alabaning ahamiyatini yanada oshirib ko‘rsatishga (xuddi ahamiyati busiz kamday) harakat qiladi, lekin jahon tarixchiligi bu borada ham ziddiyatli fikrlarga to‘la.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Aslida Gitler, kinoning o‘zida ham aytib o‘tilganidek, ancha bosiq, aqlli va ayyor siyosatchi bo‘lgan. Ko‘pgina telba-teskari rejalar populizm uchungina e’lon qilingan, natsist elitasining o‘zida esa o‘ta pragmatik, aqlli loyihalar muhokama qilingan. Shu boisdan ham yuqorida tilga olingan hujjatga ko‘pgina tarixchilar katta shubha bilan qaraydi.

    Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida mazkur davr bo‘yicha O‘rta Osiyoning eng yirik mutaxassislaridan biri, tojik tarixchisi Kamoliddin Abdullayevga murojaat qildim. Qirib yuborilishi lozim bo‘lgan xalqlar ro‘yxati haqidagi savolimga javob berarkan, u quyidagilarni aytdi:
    O‘z-o‘zidan tushunarliki, hech kim xalqlarni ommaviy tarzda yo‘q qilish niyatida emasdi. Nemis qo‘mondonligi butun dunyo xalqlarining bolshevizmga qarshi “salib yurishi”ga yo‘lboshchilik qilayotganini isbotlashga urinayotgan edi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Shu maqsadda Vermaxt tarkibida ruslardan, ukrainlardan, Kavkaz, O‘rta Osiyo xalqlaridan, polyaklardan va boshqalardan harbiy qismlar tuzilgan edi. Yana Kamoliddin Abdullayevning fikrini keltiraman:

    Germaniya qurolli kuchlari tarkibida boshqa xalqlarning ko‘ngilli qo‘shilmalari tuzilishining geosiyosiy sabablari ham bor edi. Kavkaz, Volgabo‘yi va O‘rta Osiyoga kelganda, Gitlerning strategik maqsadi ularning yordamida betaraf Turkiyani o‘z tomoniga og‘dirib olish hamda Kavkaz va Yaqin Sharq nefti ustidan nazorat o‘rnatish edi. Turklarga Germaniya hamda SSSRning musulmon xalqlari o‘rtasida vositachi bo‘lish istiqboli taklif qilingan edi.

    O‘rta Osiyoga kelsak, bu borada natsist elitasi orasida yagona fikr yo‘q edi. Kimdir uni Reyx tarkibiga qo‘shib olishni taklif qilgan bo‘lsa, yana kimdir yarim mustaqil protektorat sifatida ko‘rardi. Urush avj pallasiga chiqib ketgach, bu masala unutilib ketdi. Lekin mahalliy xalqlarni butunlay qirib tashlash hech qachon real maqsad bo‘lmagan.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Eslatib o‘taman, hatto shak-shubhasiz dushman sanalgan xalq — yahudiylarning ham taqdiri boshida mavhum bo‘lib turgan, dastlab ulardan ishchi kuchi sifatida foydalanilgan, “yahudiylar masalasining uzil-kesil hal etilishi” (Endlösung der Judenfrage) haqidagi qaror esa keyinroq qabul qilingan. Bir so‘z bilan aytganda, natsistlarda ham har xil rejalar tuzilganini va muhokama qilinganini unutmaslik kerak.

    Kamchiliklar

    Filmdagi Kichik Debora (Yelena Orexova) syujet arkasi ishonarsiz chiqqan. Uning onasi qatliomdan qanday omon qolganini, “Mossad” agenti shaxsiy qasosi uchun tashkilot resurslarini qanday jalb qilganini tushuna olmadim. Mazkur syujet chizig‘idagi bir qancha epizodlar notabiiy chiqqan.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Uning bobosi — Hans (o‘rta yoshli obrazi — Anton Korablyov, keksa obrazi — Sergo Sutyagin) ham nega sevgisidan voz kechib, birdaniga fashistga aylanib ketdi, nega yorini tap tortmay o‘ldirib yubordi, umrining oxirida pushaymon bo‘ldimi, yo‘qmi — bular tushunarsizligicha qolgan. Bu obrazlarni jonlantirgan aktyorlar ijrosi meni qoniqtirmadi — ularning ko‘zlarida bu savollarga javoblar ham, shaxsiyatni ko‘rsatuvchi his-tuyg‘ular ham aks etmagan.

    Ko‘zimga tashlangan yana bir klishe — Musoqovning barcha filmlaridagi singari, bu yerda ham baqiroq ayollar va dovdir yoshlar bor.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Tarixiy detallarni, tafsilotlarni ochib berishda xatoliklar yuzaga kelgan. Masalan, 1939-yil Oqqo‘rg‘onidagi yozuvlar o‘sha paytning lotin alifbosida emas, 1993-yilda qabul qilingan yangi lotin alifbosida yozilgan. Yozuvni keltiraman:

    I.V. Stalin nomli kolxoz

    Toshkent oblasti

    Oqqo‘rg‘on rayoni

    1929-yil mayida Samarqand orfografik konferensiyasida tasdiqlanib, 1940-yil mayigacha amalda bo‘lgan yanalifda bu yozuv quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi lozim edi:

    I.V. Stalin namli kolxөz

    Taşkent oblasti

    Aqqorƣan rayoni

    Stalinning Molotov bilan suhbati chog‘ida bir necha kun muqaddam Berlindan qaytgan SSSR tashqi ishlar komissari vahima bilan Gitler yaqin orada Polshaga hujum qilishini aytadi. Vaholanki Reyx Polshaga hujum qilishini Kreml oldindan bilar va bu ishda unga sherik edi. Polshaning Litva va Chexiya bilan hududiy ixtiloflari bunga bahona qilib ko‘rsatilgandi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Molotovning Berlinga safari va Ribbentrop bilan uchrashuvi chog‘ida, 1939-yil 23-avgustda imzolangan “Germaniya va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi hujum qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv” (Molotov-Ribbentrop pakti) ga maxfiy qo‘shimcha bayonnoma ilova qilingan edi. Ushbu bayonnomada Polshaning taqdiriga ham to‘xtalib o‘tilgan edi. G‘arbiy Yevropa davlatlarining do‘sti bo‘la turib ikki totalitar diktatura orasida qolib ketgan Polsha bo‘lib olinishi kerak edi. Pakt imzolanganidan bir hafta o‘tib, shu yilning 1-sentabrida Vermaxt qo‘shilmalari Polshaning Dansig erkin shahriga bostirib kirdi. O‘sha kuniyoq Germaniyaning satteliti — Slovakiya Polshaga 50 ming kishilik qo‘shinini kiritdi. 17-sentabr kuni SSSR qo‘shinlari Polsha yerlariga qadam qo‘ydi. Mamlakat taqsimlab olindi. Shuningdek, Vilnyus Litvaga topshirildi. Shunday qilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga bir nechta davlatning Polshaga bostirib kirishi sabab bo‘ldi, agressorlar orasida SSSR ham bor edi.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Tarixchilarning ta’kidlashicha, aslida G‘arb davlatlari Ikkinchi jahon urushi madaniyatli insoniyatning bolshevizmga qarshi kurashi bo‘ladi deb hisoblab, shunga yarasha tayyorgarlik olib borgan va shu tufayli Germaniyaga yon berib kelgan edi. SSSR tepasiga Lenindan so‘ng ehtiyotkor Stalin emas, romantik Trotskiy kelganida edi, u albatta Yevropa davlatlariga qarshi urush ochgan, shunda Ikkinchi jahon urushi rostdan Yevropaning SSSRga qarshi kurashiga aylangan bo‘lardi. Lekin Uchinchi Reyxning rejalari yanada vahshiyroq bo‘lgani bois xalqaro siyosatdagi kuch muvozanati o‘zgarib ketdi.

    Filmning yakuniy epizodi juda yaxshi chiqqan, biroq bunday katta bayonni boshqacharoq tugatsa ham bo‘lardi. Zero film boshi va oxiri bor tugal hikoya emas, balki xotira quroqlaridir. Uning asosiy qahramoni esa odamlar emas, shu odamlar hayotini belgilab bergan mudhish urushdir. Shunday ekan, ko‘rsatilgan epizod hikoyani tugatib bermaydi, aksincha, hayot davom etishini ko‘rsatadi.

    Xulosa o‘rnida

    “Berlin – Oqqo‘rg‘on”ning umumiy budjeti 2 441 580 000 so‘mni (bugungi kursda 293 ming dollarni) tashkil qiladi. Bu pulga, keng miqyosli to‘liq metrajli filmdan tashqari, besh qismli serial ham olingan — u film prokatidan so‘ng namoyish etiladi. Serialga hozircha baho bera olmaymiz, film esa har bir so‘mni oqlaydi. Barcha kinoijodkorlardan mablag‘dan mana shunday samarali foydalanishni hamda budjet masalasida ochiqlikni so‘rab qolamiz.

    Film treyleridan kadr

    Film treyleridan kadr

    Darvoqe, “Berlin – Oqqo‘rg‘on”ning yana bir jihati borki, uni yutuqlar bo‘limidan ajratib, oxiriga olib qo‘ydim. Filmning saund-treklari mukammal tanlangan bo‘lib, e’tirozga va raqobatga o‘rin qoldirmaydi. Turli tildagi, turli madaniyat va xalqlarga oid kompozitsiyalar nihoyatda buyuk did bilan saralab olingan va mahorat bilan u yoki bu qahramonga, voqeaga, syujet arkasiga bog‘lab qo‘yilganki, ularni tinglab to‘ymaysan. Ayniqsa titrlarda yangragan qo‘shiq dilni eritib yuboradi. Filmning o‘zidan tashqari uning saund-treklari ham alohida to‘plam qilib chiqarilsa, shak-shubhasiz xitga aylanadi. Qo‘shiqlar har xil tillarda aytilishi, turfa madaniyatlarga mansubligi esa kartinaning bosh g‘oyasini — insoniylikni va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni o‘zida aks ettiradi.

    22.12.2018, 15:16   Izoh (1)   72269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. erkinjonovsamandar2@gmail.com / 04.12.2024, 14:44

      Nega muallif yozilmagan?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Sistit — bu uyat emas!


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:20

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda

    Dunyo | 3 iyun, 23:10

    Farg‘onada 55 sotix yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:55

    O‘yindan oldingi bosim: BAA futbol maydonida emas, maydon tashqarisida ham “o‘ynamoqda”

    Sport | 3 iyun, 22:49

    Penalti zarbasi paytidagi “ikkinchi teginish” qoidasiga o‘zgartirish kiritildi

    Sport | 3 iyun, 22:48

    Qibrayda bir oy avval bedarak yo‘qolgan qiz o‘lik holda topildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:40

    Suriya rahbari ash-Shara'a sentyabr oyida AQSHga tashrif buyurib, BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 3 iyun, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.