Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 22-dekabr, shanba kuni Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Foto: “Xabar.uz”

Foto: “Xabar.uz”

Bosh vazir o‘z nutqida rahbar kadrlar orasida ayollarning kamligi masalasiga to‘xtaldi. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, rahbarlik lavozimda ishlayotganlar orasida ayollar ulushi 1 foizni ham tashkil etmaydi.

“Mana shu dargohda vazirliklar bergan ro‘yxatlar asosida rahbar kadrlarni tayyorlashadi. Ro‘yxatlarda o‘ntadan bitta ayol bo‘ladi yo bo‘lmaydi. Shuni hisobga olgan holda, Xotin-qizlar qo‘mitasini ham tavsiya beradigan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shsak”, — deb aytgan bosh vazir.

Shuningdek, Abdulla Aripov o‘z nutqida ayollar jamiyatning katta qismini tashkil etishi, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish haqida ham so‘z yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, qo‘mitaning ushbu hisobot-saylov konferensiyasida Tanzila Norboyeva keyingi besh yil muddatga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib qayta saylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi