“Yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon oziq-ovqat bozori” hududida tadbirkor va fuqarolarga “Yangi yil” bayrami tantanalari oldidan turli pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik va uning ayanchli oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Fuqarolarga Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi asosiy va maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari hamda viloyat FVV boshqarmasining maxsus texnikalarining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shartli yong‘in hosil qilinib, uni amalda bartaraf etish harakatlari o‘rgatildi.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi 2013-yildan buyon 32 marta pirotexnika vositalarini O‘zbekiston chegarasiga olib kirish holatlarini qayd etgan.
Pirotexnika olib kirishga uringan 31 fuqaroga nisbatan ma’muriy va bir nafar fuqaroga nisbatan jinoiy jazo choralari qo‘llanilgan. Mazkur holatlarda jami 944 454 dona, umumiy qiymati 37 674 270 so‘mga teng turli xildagi pirotexnika vositalari qo‘lga kiritilgan va o‘rnatilgan tartibda yaroqsizlantirilgan.
Izoh (0)