Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 15-dekabr kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi G‘.Yu. Sh.Rustaveli ko‘chasi 13-uyning kirish yo‘lagida fuqarolar, L.J. va Y.J. larni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib ulardan pullari va Samsung mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida G‘.Yu. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)