O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi 70 nafar madaniyat va san’at vakillaridan iborat delegatsiya Qozog‘istonga 11-dekabr kuni “O‘zbekiston yili”ning yopilish marosimini o‘tkazish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda Ma’daniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili”ning yopilish marosimi 12-dekabr kuni “Qozog‘iston” markaziy konsert zalida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev hamda Qozog‘iston Madaniyat vaziri Aristanbek Muhamediuli amalga oshirilgan madaniy hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar, ularning natijasi va kelgusida hamkorliklar haqida so‘z yuritdi.
Konsert dasturida “O‘zbegim” karnay-surnay guruhi, “Tumor” va “Navbahor”, Zulayho Boyxonova, “Maqom” ansambli, Ulug‘bek Rahmatullayev, Maxset O‘temurotov, Furqat Ashuraliyev, Elmurod Ahmedov, K. Alimaxsumov, Omar Yasmina, Shirin Mamatova va qator xonandalar ishtirok etdi.
Izoh (0)