Paying Taxes 2019 tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy soliq stavkasi 32,1 foizga teng. Bu dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan (40,4 foiz) pastroq, deb yozadi Spot.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada o‘rtacha statistik korxonaga soliq yuki O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga yaqin — 32,8 foiz.
Paying Taxes tadqiqoti 2004-yildan buyon Jahon banki va PwC auditorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazib kelinadi.
Tadqiqotda ishtirok etgan 190 ta mamlakat orasida O‘zbekiston 64-o‘rinni egalladi.
2018-yilning noyabrida chop etilgan hisobotda 2017-yil uchun tadqiqot yakunlari taqdim etilgan. Unda O‘zbekistonning vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlari ham yomon emas. Mamlakat korxonalari soliq hujjatlarini tayyorlash va topshirish hamda soliqlarni to‘lash uchun yiliga o‘rtacha 181 soat vaqt sarflaydi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa 237 soatni tashkil etadi. O‘zbekiston mazkur bandda Gretsiya, Germaniya, Italiya va Isroilni ortda qoldirdi.
Izoh (0)