Huawei direktori 46 yoshli Men Vanchjou 7 million AQSh dollar garov evaziga qo‘yib yuboriladi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Men Vanchjou sudda ko‘ziga yosh oldi. U endi Xitoy va Gonkong fuqaroligi pasportini topshirishi, elektron bilak uzuk taqib yurishi va politsiyaning birinchi talabidayoq borishi talab etiladi.Huawei kompaniyasi asoschisining qizi Vankuver aeroportida 1-dekabr kuni AQSh talabi bilan qo‘lga olindi, u Eronga qarshi sanksiyalarni buzganlikda ayblanmoqda.