Endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotaning haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir, deb yozadi O‘zA.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.
Shuningdek, 09002-son shakldagi ma’lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotaning haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.
Izoh (0)