Fransiyaning Strasburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasi o‘tkazilayotgan Kleber maydoni yaqinida noma’lum shaxs otishma uyushtirdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan.
Otishma uyushtirgan shaxs yashiringan, politsiya uni qidirmoqda.
Guvohlar avtomat quroldan o‘q uzilgani, otishma 10 daqiqa davom etganini bildirmoqda.