AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan impichment e’lon qilinishidan xavotirda emasligini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisiga ko‘ra, “hech bir noto‘g‘ri ish qilmagan va buyuk davlat iqtisodiyotini tiklayotgan siyosatchini lavozimidan chetlatish mushkul masala”.
“Bundan xavotirda emasman. Agar shunday holat ro‘y bergudek bo‘lsa, odamlar g‘alayon ko‘taradi, deb o‘ylayman”, — ta’kidladi Tramp.