Daryo

Eron Isroilga ballistik raketalar bilan zarba bermoqda (video)

Tel-Aviv shahrida bir necha portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish51 956 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil Mudofaa armiyasi 13-iyun kuni kechqurun Eron tomonidan ko‘p miqdorda raketalar uchirilgani haqida xabar berdi.

SAXAL bayonotida havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish uchun ishga tushirilgani qayd etildi. Aholiga xavfsiz joylarga yashirinib, keyingi ko‘rsatmalarni kutish tavsiya etilgan.

Isrolning Tel-Aviv shahrida bir necha portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda. Eron raketalari Isroilning “Temir gumbaz”ini yorib o‘tgani aytilmoqda.

Tel-Aviv olov ichida qolgani, havo mudofaa tizimi esa bunga dosh berolmayotgani taʼkidlanmoqda.

13-iyunga o‘tar kechasi Isroil qo‘shinlari Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlab, Islom Respublikasining bir necha aholi punktlaridagi obyektlarga zarbalar berdi. Jumladan, Tehrondagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) shtab-kvartirasi ham nishonga olingan.

Keyinroq Eron Atom energiyasi tashkiloti (IAET) rahbari Muhammad Eslomiy Isroil hujumlari natijasida Natanzdagi yadroviy obyektga jiddiy zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar