O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga a’zo bo‘lganlar soni bo‘yicha sobiq ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida yetakchilardan biri ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Narodnoye slovo” xabar berdi.
BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi “Dunyo yetakchilari Instagram’da” nomli tadqiqotini e’lon qildi va unda 426 ta rasmiy davlat akkauntlarini taqqoslab ko‘rdi. O‘zbekistondan bu tadqiqotda Prezident va bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi.
Shavkat Mirziyoyev akkaunti sobiq ittifoq hududida 2-o‘rinda ekani oydinlashdi — uning obunachilari soni izlanish o‘tkazilgan vaqtda 831,7 mingni tashkil qilgan, hozir esa 1 milliondan oshib ketgan.
Bu segmentda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev akkaunti peshqadamlik qilmoqda. Uning obunachilari soni 2,91 milliondan ortiq. Birinchi beshlikka Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev (236,7 ming obunachi), Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko (123,6 ming obunachi) va Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjon Sagintayev (77,9 ming obunachi) akkauntlari ham kirgan.
Izoh (0)