Vitse-admiral Igor Kostyukov Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabiga qarashli Bosh razvedka boshqarmasi (GRU)ga boshliq qilib tayinlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Bosh razvedka boshqarmasining bundan avvalgi rahbari uzoq kassalikdan so‘ng, 21-noyabrda vafot etgandi. Shu kunga qadar, Igor Kostyukov Bosh razvedka boshqarmasiga vaqtinchalik vazifa bajaruvchi rahbar vazifasida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)