Samarqand shahrida 60 metr balandlikda bayroq o‘rnatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bayroqning bo‘yi 20 metr, eni 10 metrga teng bo‘ladi.
“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, maxsus buyurtma bilan tikilgan bayroqning og‘irligi 30-40 kilogramm bo‘lsa, ustunning vazni 20 tonnadan ortiq.
Ayni paytda bu yerda Toshkent shahridagi “Bektemir metall konstruksiya” korxonasi quruvchilari tomonidan ulkan bayroqni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)