O‘zbekistonning asosiy archasi Mustaqillik shoh ko‘chasi — Yoshlar ijod saroyi yaqiniga o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Sputnik

Yangi yil daraxti shaharning oltita nuqtasida paydo bo‘ladi. Ma’muriyat vakillari bayramgacha Toshkent yorqin va chiroyli bo‘lishiga ishontirdi.

O‘tgan yili Toshkentning shoh ko‘chalarini millionlab chiroqlar yoritgan edi, ular ba’zi joylarda yorug‘lik tunnellarini hosil qilgan edi.

Foto: Sputnik

Eslatib o‘tamiz, respublikada yangi yil ta’tillari besh kun — 2018-yilning 30-dekabrdan 2019-yilning 3-yanvariga qadar davom etadi.

Foto: Sputnik