Toshkentda o‘rta asrlar sirini tayyorlash usulini qayta tiklash va Buxoro an’anaviy moviy sopolini hayotga qaytarish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonda joylashgan o‘rta asrlar yodgorliklaridan olimlar va keng omma e’tiborini birinchi navbatda o‘ziga jalb etuvchisi islom me’morchiligi ijodi — Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlardagi masjid va maqbaralardir. Ularning aksariyati O‘rta Osiyo va Eron me’morchiligiga xos bo‘lgan sirlangan g‘isht bilan qoplangan.
Shunga qaramasdan, o‘rta asrlar sirini tayyorlash usuli allaqachon yo‘qolgan.
Mixo muzeyi (Yaponiya) maxsus ilmiy xodimi, arxeolog va tarixchi S.Laptev boshchiligidagi olimlar, arxitektor-restavratorlar, sopol ustalari guruhi an’anaviy ishqor siri va Buxoro an’anaviy sopolini qayta tiklash bilan shug‘ullanmoqda.
S.Laptev poytaxtda 10—11-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” xalqaro media-forumi doirasida o‘z tadqiqoti va ishlari natijasi bilan bo‘lishadi.
Izoh (0)