Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema La Liganing noyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Twitter

30 yoshli futbolchi Marca nashri tomonidan ta’sis etilgan maxsus sovrinni qabul qilib oldi. Benzema noyabr oyida 4 ta o‘yinda qatnashdi. U bu o‘yinlarda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Benzema joriy mavsum “Real” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, “Real” La Ligada 14-turdan so‘ng 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar 9-dekabr kuni La Liganing 15-turida safarda “Ueska”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.