Chexiya 2018-yilda Rossiya maxsus xizmatlaridan birining razvedka tarmog‘ini fosh etdi va unga barham berdi. Bu haqda Chexiya Xavfsizlik va axborot xizmati direktori Mixal Koudelka ma’lum qildi. Uning so‘zlari iDNES portali tomonidan keltirilgan.
“Joriy yil boshida Rossiya razvedka xizmatlaridan birining razvedka tarmog‘ini muvaffaqiyatli fosh etishga erishganligimiz haqida tegishli shaxslarga axborot berdik”, — dedi u.
Xavfsizlik xizmati direktori oxirgi besh yilda xizmat o‘nlab rossiyalik va xitoylik josuslarning ish olib borishiga to‘sqinlik qilganligini qo‘shimcha qildi. Bu, jumladan, tinchlik yo‘li bilan amalga oshirilgan, ya’ni ular mamlakatni tark etishga majbur qilingan yoki ularga akkreditatsiya berilmagan.
Izoh (0)